Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.

Qumrabot mahalla fuqarolar yig’ini hududida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva, Qumrabot MFY raisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla profilaktika inspektori tomonidan hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Unda o’tgan davr mobaynida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikka moyil shaxslar bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik ishlar, shuningdek, nazorat ro’yxatlarida turuvchi fuqarolar bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to’liq ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga jalb qilish, xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida ta’kidlandi.

Mahalladagi oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar

holidan xabar olish va ularni qo’llab-quvvatlash orqali jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan choralar haqida ham so’z yuritildi.

Deputat tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan doimiy muloqotni yo’lga qo’yish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida tushuntirish ishlarini tizimli ravishda olib borish muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash orqali samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahallada profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish, tungi nazorat ishlarini samarali tashkil etish, aholi orasida huquqiy targ’ibot ishlarini kengaytirish bo’yicha vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 1