Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlar masalalariga doir qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokamasi deputat ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlar masalalariga doir qaror loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni keng jamoatchilik muhokamasidan o’tkazishga bag’ishlangan navbatdagi yig’ilish tashkil etildi. Mazkur yig’ilishda mahalliy Kengash deputati M.Bozorov, yoshlar yetakchilari, faol yoshlar ishtirok etib, hududda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Yig’ilish davomida yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o’qitish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo’llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish, axborot texnologiyalari va zamonaviy kasblarga qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ham ilgari surildi.

Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini o’z vaqtida o’rganish va amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qaror loyihalarini tayyorlashda yoshlarning fikr va tashabbuslarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, har bir taklif asosli ravishda ko’rib chiqildi.

Muhokamalar jarayonida hududlarda yoshlar infratuzilmasini rivojlantirish, sport maydonchalari va to’garaklar faoliyatini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni rag’batlantirish hamda ularning startap va innovasion g’oyalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Bundan tashqari, huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo’yicha ham fikr almashildi.

Tadbir yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida qaror loyihalarini yanada takomillashtirish, ularning ijrosini samarali ta’minlash hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini kengaytirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 1