Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Deputat mahallada Mahalla xotin-qizlar faolining ish samaradorligi va ayollarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak tahlil qilindi

 Mahalla xotin-qizlar faolining ish samaradorligi va
ayollarga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak tahlil qilindi
 

 Xotin-qizlarni
tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini tiklash, bandligini
ta’minlash va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga manzilli yordam
ko‘rsatish mahallalardagi xotin-qizlar faolining asosiy vazifasidir.
 

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashidagi
15-Fayzabod saylov okrugi deputati (XDP Kengashi raisi) D.Komilova hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan Fayzabod
mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligi atroflicha o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida ayollarni qo‘llab-quvvatlash
borasidagi quyidagi muhim natijalar tahlil qilindi:
 

Salomatlik nazorati va tibbiy ko‘rik: «Ayollar
daftari» ro‘yxatida turgan va «Tibbiy yordamga muhtoj ayollar» toifasiga
kiritilgan 58 nafar xotin-qizlarning barchasi shu kuni tashkil etilgan
chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik jarayonida shifokorlar tomonidan to‘liq
tekshiruvdan o‘tkazildi.
 

Bandlik va tadbirkorlik: Mahalladagi ayollarning
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini
ta’minlash maqsadida 6 nafar ayolga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun
jami 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi
ta’minlandi.
 

Ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash: Og‘ir
ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan hamda psixologik yordamga muhtoj bo‘lgan 9
nafar ayol salomatliklarini tiklash va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun
Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskaniga jo‘natildi.
 

Istiqboldagi vazifalar: Deputat va kotibiyat bosh
mutaxassisi tomonidan mahalla xotin-qizlar faolining olib borayotgan ishlari
ijobiy baholanib, kelgusida ham «Ayollar daftari»dagi xotin-qizlar bilan
manzilli ishlashni izchil davom ettirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish va
oilaviy tadbirkorlikka jalb etish ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan zarur
tavsiyalar berildi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/