Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati: Hamkorlik va nazoratni kuchaytirish

Mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati: Hamkorlik va nazoratni kuchaytirish

Bugun mahalliy vakillik organlarining faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hamkorligida “Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Mahalliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda soha ekspertlari ishtirok etdi.

Mazkur davra suhbatida viloyat Kengashi deputatlari G.Kravchenya, M.Narbasheva, B.Karimovalar shuningdek shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda shahar Kengashi deputati A.Mustafakulovlar deputatlik faoliyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'ruza qildi.

Muhokama markazida quyidagi ustuvor masalalar bo'ldi:

️Mahalliy vakillik organlarining roli va mas’uliyatini oshirish;

️Jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash;

️Fuqarolik jamiyati institutlari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish (jamoatchilik eshituvlari, qo‘shma monitoring);

️Deputatlik nazorati samaradorligini oshirish (deputatlik so‘rovlari, qarorlar ijrosi monitoringi, raqamli platformalar orqali ochiqlik).

Tadbir yakunida Mahalliy Kengashlar faoliyatida jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va deputatlik nazorati ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan aniq amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3