Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyadan kelib chiqib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati Maxkamov Abdubannob Abduvoxidovich tomonidan saylov okrugidagi Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

Oʻrganish davomida hududdagi oilaviy poliklinika va mas’ul tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilinib, aholiga imtiyoz asosida ajratilayotgan dori vositalarining yetkazilishi, ularning sifati hamda aholiga tarqatilish jarayonlari tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, bepul dori vositalarini olishdagi mavjud muammolar, ehtiyoj va takliflar o‘rganildi. Deputat tomonidan aholining murojaatlari asosida ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Aholining, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning sifatli va o‘z vaqtida dori vositalari bilan ta’minlanishi ustidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 4