Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
15-may — "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Muzrabot tumanida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlari hamda tanlovda munosib ishtirok etgan tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida g‘oliblarga ko‘krak nishonlari, diplom va esdalik sovg‘alarini Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Tagayevalar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar safida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sobirov Eshqobil Xaldarovich va tuman Kengashi deputati Turdiqulov Komiljon Shoymurovichlarning  ham borligi alohida qayd etildi. Bu esa viloyat va tuman Kengashi deputatlari nafaqat saylovchilar orasida, balki oilaviy muhitda ham ibrat va namunali inson sifatida e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

Mazkur tadbirlar oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, jamiyatda ahillik va birdamlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9