Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Fuqarolar bilan uchrashuvlarda hududdagi muammolar o‘rganildi

Fuqarolar bilan uchrashuvlarda hududdagi muammolar o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "7-Beshqayrag‘och" okrugi deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna tomonidan “Xurshid” hamda “Beshqayrag‘och” mahallalarida “Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim 24 talik tavsiyalar bo‘yicha biriktirish ro‘yxati” asosida - hudud infratuzilmasi, ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📁 Xususan, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq 27-sessiyasida tasdiqlangan “Uchtepa tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

⚡️ O‘rganish davomida hududdagi ichki yo‘llarning holati, mavjud kamchiliklar, piyodalar va transport vositalari harakati uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ko‘chalarda tungi yoritish tizimlarini yaxshilash, tirbandliklar va yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelayotgan hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔼 Deputat tomonidan aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

💬 Shuningdek, ko‘cha boshilari va mahalla faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, hududlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ularning fikr va mulohazalari o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida mavjud masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 5