Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
#tavsiyalar_asosida_dmtt
#tavsiyalar_asosida_dmtt

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Rahimova hamda XDP partiyasi Kogon shahar Kengashi raisi Sh.Izomovalar tomonidan
“Temir yo‘lchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida muassasada yaratilgan sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, bolalarning ovqatlanish sifati, tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi hamda sanitariya-gigiyena talablarining bajarilishi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, guruh xonalari, oshxona, tibbiyot xonasi va bolalar maydonchalarining holati ham nazoratdan o‘tkazildi. Muassasa rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini asrashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar, mavsumiy kasalliklarning oldini olish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bolalar xavfsizligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3