Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Fuqarolarning hayotiy muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash kotibiyati mudiri J.Sadirov tumanning “T.Dadaboyev” va “Pskom” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning yashash sharoitini tuman hokimi maslahatchisi X.Akmalov, tuman hokimligi mas’uli Sh.Samatov hamda “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida “xonadonbay” o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

🔺O‘rganish davomida fuqarolarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l va infratuzilma masalalari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlari tinglandi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar va yoshlar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan amaliy choralar belgilab olindi.

🔺Muloqotlar davomida aholi tomonidan mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, bandlikni ta’minlash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi takliflar ham bildirildi.

🔺Deputat tomonidan bunday “xonadonbay” o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, muammolarni erta aniqlash va ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7