Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Yoshlar bandligi va yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutasaddisi bilan birgalikda Yangiobod mahallasi idorasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda yoshlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari holatini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi qarori asosida hududlarda yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi bilan ta’minlash maqsadida artezian quduqlar qazish, suv nasoslarini o‘rnatish hamda sug‘orish infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, yer maydonlaridan samarali foydalanish, dehqonchilik faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4