Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputatlar tomonidan aholi murojaatlari joyiga chiqib o'rganilmoqda

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati O.Boymatova, Denov tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Abduraimov, tuman Kengashi deputatlari fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi.

Jumladan, “O‘rikzor” mahallasida yashovchi fuqaro Xidirov Salimning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoni orqali yo‘llagan murojaati asosida uning nafaqa masalasi atroflicha o‘rganildi. Fuqaro bilan suhbat davomida murojaatning mazmuni, mavjud holat hamda uni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida deputatlar tomonidan fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, yashash sharoiti va kundalik muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Har bir murojaatni joyida ko‘rib chiqish orqali masalalarga tezkor va amaliy yechim topish maqsad qilingani ta’kidlandi.

Shuningdek, Denov tumani “O‘rikzor” mahallasi Afrosiyob ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Yusupova xonadoniga ham borilib, uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi. Fuqaro davolanish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilgani bois, holat deputatlar tomonidan atroflicha tinglanib, mavjud imkoniyatlar va ko‘mak masalalari muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan ushbu murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish, davolanish jarayonida amaliy yordam ko‘rsatish hamda masalani nazoratga olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida tinglash, ularni joyida o‘rganish va muammolarga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6