Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjieva Muxabbat Xaydaralievna tomonidan aholini qiynayotgan bir qator dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Sharaf mahallasi 26-uy aholisi tomonidan mazkur ko‘p qavatli uydagi liftning texnik holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda lift 1988-yilda foydalanishga topshirilgani, bugungi kunda esa texnik jihatdan keskin eskirgani, tez-tez nosoz holatga kelib qolayotgani hamda fuqarolar lift ichida qamalib qolayotgan holatlar kuzatilayotgani qayd etilgan. Shu munosabat bilan liftning texnik holatini o‘rganish, uni ta’mirlash yoki to‘liq almashtirish bo‘yicha mavjud rejalar hamda aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Shuningdek, Sharq mahallasi 21-uy 7–8-podyezdlar oralig‘idagi podvallarda olib borilgan tozalash ishlaridan so‘ng chiqindilar uzoq vaqt davomida olib chiqilmagani yuzasidan ham murojaat kelib tushgan. Mazkur holat hududning sanitariya holati yomonlashishiga, noxush hidlar tarqalishiga hamda aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani bildirilgan. Ushbu masala yuzasidan hududni chiqindilardan tozalash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Har ikki masala deputatlik nazoratiga olingan bo‘lib, mutasaddi tashkilotlardan qonunchilikda belgilangan tartibda yozma javob taqdim etilishi so‘ralgan.

Slide 1 of 1