Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Deputat so‘rovi: Tibbiy muassasa sharoiti o‘rganildi

          Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati tomonidan Qashqar MFY hududida joylashgan “Taraqqiyot” oilaviy shifokorlik
punkti (OShP) faoliyati o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tibbiyot muassasasi 1970-yilda qurilgan bo‘lib, 70 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi kunda 31 nafar tibbiyot xodimi 3 ta mahallada yashovchi 6810 nafar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, binoda 2005-yilda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganiga qaramasdan, bugungi kunda uning texnik holati talab darajasida emas. Ayniqsa, tom qismi eskirgani sababli yomg‘irli kunlarda chakki o‘tishi kuzatilib, bu esa tibbiy xizmat sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda hamda xodimlar va bemorlar uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda. Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.  

Slide 1 of 3