Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Darveshi mahallasidagi istirohat maskanlari holati o‘rganildi

Tasdiqlangan ish reja asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norovlar hamkorlikda Darveshi mahallasi hududida barpo etilgan parklar, hiyobonlar va bog‘larning holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

✔️O‘rganish jarayonida aholi dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, hududning obodonlashtirilganlik darajasi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘tirish o‘rindiqlari, yoritish tizimlari va sug‘orish infratuzilmasining holati ham ko‘zdan kechirildi.

Yangidan yaratilgan parkda ekilgan mevali va manzarali kuchatlarni parvarishiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, biriktirilgan ishchi tomonidan doimiy tozalik ishlari olib borilmoqda.  

✔️Qishloq faollari tomonidan parkdagi yo‘lakchalarni betonlashtirish zarurati mavjudligi bildirildi.

✔️Ko‘tarilgan muammo bo‘yicha tegishli tashkilot mutasaddilariga deputatlik so‘rovlari yuborilishiga kelishib olindi.

Slide 1 of 6