Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
DEPUTAT NAZORATI.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi 9-Manas, 13-Fayzliobod okruglari deputatlari N.Xamidova va B.Bekmurodov tomonidan Navruz mahallasi hamda Xalqobod mahallasi aholisi o‘rtasida pillachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Ushbu uchrashuvlarda fuqarolarga pilla boqishning iqtisodiy ahamiyati, oilaviy daromadni oshirishdagi o‘rni va bu soha orqali yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, pillachilik nafaqat an’anaviy soha, balki bugungi kunda qishloq aholisi uchun barqaror daromad manbai ekanligi alohida ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan pilla yetishtirish jarayonida agrotexnik qoidalarga rioya qilish, ipak qurtini parvarishlashda sanitariya talablariga amal qilish va davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanish lozimligi qayd etildi

Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda pillachilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bu kabi tadbirlar aholi bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish va mahallalarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3