Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
“Do‘stlik” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Sobirov Eshqobil, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar tomonidan tumandagi "Do‘stlik" mahallasida "Deputat va Mahalla yettiligi hamkorligi" doirasida yettilik faoliyatini o‘rganish maqsadida nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi.

O‘rganishda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, quyidagi xodimlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi:

Hokim yordamchisi: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar;

Xotin-qizlar faoli: Ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish va xotin-qizlar bandligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;

Ijtimoiy hodim: Ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

Shuningdek, deputatlar tomonidan mahalla yettiligi bilan aholini doimiy qiynab kelayotgan muammolar muhokama qilinib, yechimini qilish yuzasidan choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 2