Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imomov Sanjarali Tolqinovich tomonidan Tirsakobod MFY hududida joylashgan 33-sonli oilaviy poliklinika filialining amaldagi holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur filial binosi uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgani, buning natijasida inshootning texnik holati sezilarli darajada eskirgani hamda kapital ta’mirga muhtoj holga kelib qolgani aniqlandi.

Mazkur holatni inobatga olgan holda, filial binosida kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi alohida qayd etildi. Ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari, mahalla yettiligi a’zolari hamda soha mutasaddilari ishtirokida ishchi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida filialni qisqa muddatlarda ta’mirlash ishlarini yo‘lga qo‘yish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, homiylar tomonidan mazkur filial binosini ta’mirlash ishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari bildirildi.

Yig‘ilish yakunida filialni kapital ta’mirlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi hamda ishlarni tizimli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 6