Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sanakulov Umid Quvondiqovich  tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Shayxontohur tumanidagi 588-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur loyihada tuman deputatlari, ijtimoiy soha vakillari, mahalla faollari ishtirok etishdi. 

Ushbu tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish, bolajonlarda tabiatga mehr va masʼuliyat tuygʻusini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar, ustozlar va faollar birgalikda koʻchat ekib, yashil hududni yanada kengaytirishga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Tadbir yakunida deputat U.Sanakulov tomonidan kelajak avlod uchun sof va musaffo tabiatni asrash — barchamizning umumiy vazifamiz ekanligini ta'kidlab o'tildi.

Slide 1 of 3