Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Deputat faoliyati

Bugun aholi murojaatlari asosida "Zangiota" mahalla fuqarolar yigʻinida xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati G.Raxmonova tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida fuqarolar oʻzlarini qiynayotgan masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hamda takliflarini bildirishdi.

Uchrashuvda tuman Kengashi Kotibiyati mudiri N.Karimov, tuman hokimining o'rinbosari R.Kuchkarov, mutasaddi tashkilotlar masʼul xodimlari, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda fuqarolar tomonidan sim yogʻoch ustunlarni almashtirish, ijtimoiy himoya, mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalari boʻyicha murojaatlarga tegishli tartibda javob berildi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqotda sim yogʻoch ustunlarni almashtirish va oqava suv masalasi boʻyicha koʻtarilgan murojaatlar atroflicha oʻrganib chiqilishi maʼlum qilindi hamda masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Deputat G.Raxmonova fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosi taʼminlanishi alohida taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuv yakunida deputat G.Raxmonova tomonidan bunday uchrashuvlar aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlashga, ularning muammolarini oʻz vaqtida hal etishga yordam berishini bildirdi.

Slide 1 of 5