Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Termiz tuman Kengashi ish faoliyati

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov, doimiy komissiya raislari hamda deputatlik guruhi rahbarlari ishtirokida tuman Kengashining ish faoliyati, erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar yuzasidan atroflicha tahlil yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda deputatlar faoliyati, shuningdek, tavsiya etilgan 24 ta muhim masala bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda ishlar sustkashlik bilan ketayotgani, ijro intizomi va nazoratni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha, infratuzilma, aholi murojaatlarini hal etish hamda obodonlashtirish yo‘nalishlarida mavjud muammolar batafsil ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarni samarali bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab olindi.

Slide 1 of 4