Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Mahalla yettiligi faoliyati tahlil etildi

#_Deputat_faoliyati

Mahalla yettiligi faoliyati tahlil etildi

🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh.Oripov, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Ashurov hamda tuman Kengashi deputati A.Safarovlar tomonidan tumandagi "Yangihayot" mahallasida "Deputat va Mahalla yettiligi hamkorligi" (https://lex.uz/ru/docs/-7323566) doirasida yettilik faoliyatini o‘rganish maqsadida nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, quyidagi mas’ullar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi:

 Hokim yordamchisi: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar;

 Xotin-qizlar faoli: Ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish va xotin-qizlar bandligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;

 Ijtimoiy hodim: Ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

 Profilaktika inspektori: Hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda "xavfsiz mahalla" tamoyilini joriy etish samaradorligi.

️ Shuningdek mahalla yettiligi bilan aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilinib, mavjud muammolar holati o'rganildi

Slide 1 of 3