Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Huquqiy_axborot_soati

2023-yil aprel oyida ushbu qonunga muhim o‘zgartishlar kiritildi, bu esa fuqarolar uchun kengroq imkoniyatlar yaratdi. 

💬 Qonunning asosiy jihatlari va yangilanishlar:

✔️ Import tovarlar uchun kredit:

🔅 Ilgari iste’mol krediti faqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar uchun berilar edi. Yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, endilikda chet elda ishlab chiqarilgan (import) tovar va xizmatlar uchun ham iste’mol krediti olish mumkin.

✔️ Kredit berish tartibi: 

🔅 Iste’mol krediti banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari tomonidan tovar (ish, xizmat) sotuvchining hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.

✔️ Shartnoma tuzish:

🔅 Moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda iste’molchi va sotuvchi o‘rtasidagi shartnoma, kredit tashkiloti bilan kelishuv tuzilgunga qadar yoki undan keyin kuchga kirishi mumkin.

✔️ Naqd pulda berilmasligi:

🔅 Qonunga ko‘ra, moliyaviy iste’mol krediti iste’molchiga naqd pulda berilishi mumkin emas; mablag‘lar bevosita sotuvchining hisobiga o‘tkaziladi.

✔️ Kredit ob’ektlari:

🔅 Iste’mol krediti turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash, maishiy texnika, mebel sotib olish, ta’lim yoki davolanish kabi maqsadlar uchun ajratiladi. 

📄 Ushbu qonun iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va mamlakatda zamonaviy moliya bozorini rivojlantirishga xizmat qiladi.