Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi.

Tumanda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishlari o‘rganildi. 

Xalq deputatlari tuman Kengashining ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashi deputatlari X. Sharipova, I. Obidov hamda Kengash kotibiyati mudiri A. Sobirovlar ishtirokida tumanda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Rishton tuman sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, Rishton tuman sport maktabida 68 nafar malakali trener va ustoz-murabbiylar faoliyat yuritib, sportning 12 turi bo‘yicha 1200 nafar yoshlarga muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda. Shuningdek, sport maktabi o‘quvchilari orasida turli sport musobaqalarida g‘olib bo‘lib, faxrli o‘rinlarni egallayotgan yoshlar soni yil sayin ortib bormoqda.

Bundan tashqari, muassasa rahbariyati tomonidan tumandagi korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida ham muntazam ravishda sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

O‘rganish davomida sport maktabida mavjud ayrim muammolar ham muhokama qilindi. Xususan, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tuzilgan shtab faoliyati uchun zarur bo‘lgan inventarlar (stol-stul, kompyuter jamlamasi va boshqalar) yetarli emasligi aniqlandi. Shuningdek, parasportni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa-da, ushbu yo‘nalishda yoshlar qamrovi kamligicha qolmoqda.

Mazkur holatni inobatga olgan holda, parasportni keng targ‘ib qilish va yoshlarni jalb etish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan amaliy chora-tadbirlar belgilash hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan Kengashga axborot kirib borish belgilab olindi.

Slide 1 of 1