Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tuman Markaziy dehqon bozorida “Elga xizmat” rastalaridagi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida bozorda sotilayotgan go‘sht, sut va sut mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar hamda boshqa kundalik iste’mol tovarlari narxlari tahlil qilinib, ularning aholi uchun maqbulligi va barqarorligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahsulotlar sifati, sanitariya holati va savdo jarayonida belgilangan qoidalarga rioya etilishi ham o‘rganildi.

🔹 Mas’ul tashkilotlar va bozor ma’muriyatiga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini sun’iy ravishda oshirmaslik hamda aholi manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotini barqaror ta’minlash, narxlarni me’yorda ushlab turish hamda bozorda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

🔹 Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham narx-navolar barqarorligini ta’minlash yuzasidan muntazam o‘rganishlar olib borilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 5