Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Hunarmandchilikka e’tibor – kelajakka sarmoya

             Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati B. Bazarova tashabbusi bilan tuman Hunarmandlar uyushmasi vakili N. O‘roqova ishtirokida maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga qarashli 1-son umumta’lim maktabida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida yurtimizda hunarmandlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, “ustoz va shogird” an’analari asosida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarni kasb-hunarga jalb etish borasidagi yangiliklar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi. Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tib, unda ishtirokchilar o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Bildirilgan mulohazalar yoshlarni hunarmandchilikka kengroq jalb etish, ularning qiziqishini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bunday tadbirlar yosh avlodni hunarmandchilikka qiziqtirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, shu bilan birga ularning bandligini ta’minlash va kelgusida o‘z kasbiga ega bo‘lishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.  

Slide 1 of 4