Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Kengash_faoliyati

Bandixonda yana bir zamonaviy maktab bunyod etilmoqda

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I.Xalmatov hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov tomonidan tomonidan

19-sonli umumta’lim maktab amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi o‘rganildi.

✅Bandixon tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. 

✅Bugungi kunda yurtimizda, ayniqsa olis hududlarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni zamonaviy va qulay sharoitlarda o‘qitish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu e’tibor natijasida maktablar yangilanib, yangi ta’lim maskanlari barpo etilmoqda.

 ✅19-sonli umumta’lim maktabi hozirga qadar ikki alohida binoda faoliyat yuritib kelgan. Ushbu binolar 1982 va 2008-yillarda qurilgan bo‘lib, o‘quvchilar ikki smenada ta’lim olib kelishadi.

✅Endilikda mazkur muammo bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Umumiy qiymati 2,7 milliard so‘mlik loyiha asosida 180 o‘rinli yangi, zamonaviy o‘quv binosi qurilmoqda. Ushbu yangi maktab nafaqat o‘quvchilar sonini qamrab olish imkoniyatini kengaytiradi, balki ularning bilim olishi uchun yanada qulay, yorug‘ va zamonaviy muhit yaratadi.

🏫 Yangi maktab — bu shunchaki bino emas, balki kelajak avlodning mustahkam poydevoridir!

”Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Slide 1 of 8