Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida yoshlarning  taklif va mulohazalari tinglandi

 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida yoshlarning  taklif va mulohazalari tinglandi

📌 Bugungi kunda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari S.Irgashev, tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat bosh mutaxassislari hamda boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar va takliflar bilan bevosita deputatlarga murojaat qildilar. Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

❗️Bunday uchrashuvlar yoshlar va davlat vakillari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda kelajak avlodning ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9