Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏫 Maktabda qurilish va rekonstruksiya ishlari nazoratda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubxodjayev Umid Anvarxodjayevich hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov bilan birgalikda “Cho‘yinchi” mahallasidagi 56-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirildi.

📄 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 — 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

🛠️ Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, sifat darajasi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar muhokama qilindi.

🏫 Shuningdek, zamonaviy sinfxonalar, qulay infratuzilma va sifatli ta’lim muhiti yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Mutasaddilar tomonidan qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatni ta’minlash hamda belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5