Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Deputat axboroti

Deputat oʻz axborotida 2026-yil birinchi chorak davomida oʻtkazilgan 3 ta fuqarolar qabullari, 2 ta oʻtkazilgan nazorat tadbirlari, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarga kiritilgan 2 ta deputatlik soʻrovlari hamda ularning natijalari yuzasidan axborot berib oʻtdi.

Shuningdek, uchrashuv aholi bilan ochiq muloqoti tarzida davom ettirilib, fuqarolar muammolari tinglandi hamda issiq suv taʼminoti, mahalla irrigatsiya tizimlarini tartibga keltirish boʻyicha muammolar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tez orada hal etilishi maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, deputat faoliyatining asosiy 24 ta yoʻnalishi boʻyicha mahalla faollari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tinglandi. Jumladan, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish, bandlikni taʼminlash, yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va boshqa muhim masalalar yuzasidan amaliy natijalar muhokama qilindi.

Xususan, asosiy yoʻnalishlar boʻyicha mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida deputat E.Kadirov tomonidan kelgusida aholi farovonligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish va hududni rivojlantirish boʻyicha ishlar doimiy davom ettirilishi taʼkidlandi.

Slide 1 of 1