Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
DAVLAT XIZMATLARI, FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurildi. Tashrif davomida deputat markaz xodimlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Jarayonda davlat xizmatlari tizimida olib borilayotgan islohotlar, joriy etilgan yangiliklar hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, markaz rahbari D. Turdialiyev bilan suhbat o‘tkazildi. Unda markazda 5 nafar xodim tomonidan aholiga raqamlashtirilgan tizim asosida sifatli xizmat ko‘rsatib kelinayotgani, my.gov.uz orqali 800 turdan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda taqdim etilayotgani, bevosita markazning o‘zida esa 550 turdagi xizmatlar ko‘rsatilayotgani qayd etildi. Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni “15 daqiqada” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilgani, bu esa fuqarolar va tadbirkorlar uchun sezilarli darajada qulaylik yaratgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, 2026-yildan boshlab haydovchilik guvohnomasini olish hamda intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari ham aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumot berildi. Markazda fuqarolar uchun kutish zallari, ona va bolalar uchun alohida xonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular zamonaviy talablar asosida jihozlangan. Deputat tomonidan davlat xizmatlarini aholiga yanada qulay va sifatli ko‘rsatish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi. Xususan, olis va chekka hududlarda sayyor xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanishni keng targ‘ib etish zarurligi alohida ta’kidlandi. Bu borada “mahalla yettiligi” bilan samarali hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolarning davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish ko‘nikmalarini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. 

Slide 1 of 4