Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Deputat nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Rotova, O.Toirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi G.Aripova ishtirokida “Bo‘ston” mahallasida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazildi. Unda mahalla raisi D.Nishonov va xotin-qizlar faoli S.Karabaeva bilan birgalikda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida hududdagi Nihol va Shabada ko‘chalarini joriy ta’mirlash, shuningdek, Shabada ko‘chasidan o‘tuvchi “Bo‘zsuv” kanali yoqasini aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida temir panjara bilan o‘rash zarurligi muhokama markazida bo‘ldi.

Mazkur masalalar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.

Hududlardagi muammolarni tizimli o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 7