Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
#Deputat_faoliyati #Andijon_shahar #Eko_harakat #faol_tashabbus Bugun erta tongdan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati T.Israilova tashabbusi bilan “Barkamol” MFY hududida keng ko‘lamli sog‘lomlashtirish va ekologik tadbir tashkil etildi 🌿

#Deputat_faoliyati #Andijon_shahar #Eko_harakat #faol_tashabbus 

Bugun erta tongdan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati T.Israilova tashabbusi bilan “Barkamol” MFY hududida keng ko‘lamli sog‘lomlashtirish va ekologik tadbir tashkil etildi 🌿

Mazkur tashabbus doirasida mahalla faol xotin-qizlari ishtirokida “5000 qadam” sog‘lom yurish aksiyasi o‘tkazildi 🚶‍♀️🚶‍♂️. Ushbu aksiyaning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ertalabki badantarbiya madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi 💪

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro samimiy muloqotda bo‘lib, sog‘lom hayot kechirishning ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam jismoniy mashg‘ulotlarning foydasi haqida fikr almashdilar 🥗

Shuningdek, mazkur ezgu tashabbus davomida “Barkamol” MFY hududida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida homiylik mablag‘lari asosida pavloniya daraxtlari ekildi 🌳. Ushbu daraxtlar nafaqat hududni ko‘kalamzorlashtirish, balki havoning tozaligini ta’minlash, ekologik barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi 🌱

Bunday amaliy tadbirlar orqali aholining ijtimoiy faolligi oshib, sog‘lom va obod muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda 🤝

Slide 1 of 7