Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi

Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi deputati Abdiyeva Oysuluk Abduraxmonovna tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanib, aholi uchun muhim bo‘lgan masala ijobiy hal etildi.

🔵Mazkur so‘rovda “Yoshlik” mahallasi hududida joylashgan politexnikum oldidagi serqatnov chorrahada o‘quvchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan edi.

🔵Muborak tumani hokimligi tomonidan 2026 yilda Qashqadaryo viloyati hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan yo‘l xaritasiga asosan ushbu hududda zamonaviy svetofor o‘rnatilib, piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratildi.

✔️Bu kabi amaliy natijalar deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishi — saylovchilar murojaatlarini hal etish va ularning xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil olib borilayotganidan dalolat beradi.

✅Shu bilan birga, hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa yoshlar va bolalarni himoya qilishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.