Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Dasturlar ijrosi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri - deputat D.Sherboyev va deputat A.Do‘sanovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tumandagi “Fayziobod” mahallasida o‘rganish olib bordilar.

Hozirgi kunda ushbu mahallada keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda.

PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida Muzrabot tumani “Fayziobod” mahallasida bir nechta infratuzilma obyektlarida qurilish va ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Shular qatorida Muzrabot tumani “Fayziobod” mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari ham olib borilmoqda.

Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari “KO‘CHKAK CHINORI” XK tomonidan amalga oshirilmoqda. O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ishlarning loyiha asosida va belgilangan talablar doirasida bajarilishi alohida e’tibor bilan nazorat qilindi.

Slide 1 of 9