Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Obloqul Isanov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni har tomonlama va atroflicha o‘rganish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Yig‘ilishda mazkur masalalarni chuqur tahlil qilish maqsadida alohida ishchi guruh tuzish va joyiga chiqib o‘rganish ishlarini tashkil etish belgilandi. Shuningdek, o‘rganish jarayonlariga Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolarini keng jalb etish zarurligi ta’kidlandi.

📝 Mazkur qarorga muvofiq, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari boshchiligida quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganishlar olib boruvchi ishchi guruh tarkibi shakllantirildi:

⚫️ Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati;

⚫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligi;

⚫️ Boyovut tumani Kadastr agentligi hamda Davlat kadastri palatasi tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar.

Ishchi guruh tarkibiga Kengash deputatlari, doimiy komissiya a’zolari, tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari hamda ekspertlar kiritildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari tizimli ravishda olib borilib, natijalari Kengashning tegishli majlislarida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 5