Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Qadrdon mahallasidagi muammo o‘rganildi

Qadrdon mahallasidagi muammo o‘rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Murzametova Marina “Qadrdon” mahallasida bo‘lib, 17-kvartaldagi 14- va 15-uylar oldida joylashgan, noqonuniy qurilgani aytilayotgan bino yuzasidan aholi murojaatlarini o‘rgandi.

Mazkur holat yuzasidan mahalla aholisi o‘z noroziligini bildirib, ushbu hududdan aholining manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi. Xususan, fuqarolar ushbu joyda bolalar maydonchasi yoki avtoturargoh tashkil etish maqsadga muvofiq ekanini, ayni paytda hududda avtoturargoh bilan bog‘liq muammolar mavjudligini qayd etdi.

Holat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi hamda masalani qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

Aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlariga yechim topish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1