Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
🤝 Deputatlar va “mahalla yettiligi” hamkorligi amaliy natija bermoqda

Hududlarda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengash deputatlari hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlik tobora kuchayib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori hamda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi VII-6-60-7-95-K/25-sonli qaroriga muvofiq, tumandagi barcha mahallalarga deputatlar biriktirilib, ularning “mahalla yettiligi” bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tizim asosida deputatlar mahallalarda fuqarolar bilan muntazam uchrashib, muammolarni joyida o‘rganmoqda, “mahalla yettiligi” bilan birgalikda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmoqda.

📌 2025-yil davomida:

— 85 ta fuqarolar qabuli o‘tkazildi;

— 242 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi;

— 250 ga yaqin muammolar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

📌 2026-yilning 1-choragida:

— deputatlar va “mahalla yettiligi” hamkorligida 17 ta fuqarolar qabuli tashkil etildi;

— 115 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi;

— 100 ga yaqin muammolar aniqlanib, shundan 72 tasi yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Shuningdek, mahallalardagi eng dolzarb 25 ta masala deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, 2026-yil 30-mart kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida muhokama qilindi hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritildi.

Bugun deputatlar va “mahalla yettiligi”ning birgalikdagi ishlari natijasida mahallalarda mavjud muammolar o‘z vaqtida aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq va manzilli choralar ko‘rilmoqda. Bu esa fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 1