Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputat U.Saidov deputat so'rovi yo'lladi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputatlik okrugidagi “Ko‘tarma” mahallasida olib borilgan o‘rganishlar davomida 14, 19 va 20-sonli ko‘p qavatli uylar atrofidagi ichki yo‘llar tuman elektr tarmoqlari tomonidan kavlanganligi hamda ushbu hududlar qayta asfaltlanmasdan qoldirilganligi aniqlandi.

Mazkur yo‘llar maktabga olib boruvchi asosiy qatnov yo‘llari bo‘lib, o‘quvchi bolalar hamda hududda yashovchi fuqarolar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Shu munosabat bilan, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 8-moddalariga asosan, masala yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki tegishli choralar ko‘rish yuzasidan munosabat bildirish so‘raldi.

Slide 1 of 1