Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Гулистон МФЙдаги 9-сонли мактаб ҳудудида барпо этилган замонавий спорт майдончасида қурилиш ишлари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Депутатлик фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Депутатлик назорати амалда
янв.21
Қонун ижроси юзасидан ўрганиш ва комиссия йиғилиши ўтказилди
"SALOVAT" MAHALLASI HAR TOMONLAMA XAVFSIZ VA FAROVON HUDUDGA AYLANADI

Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputatlari tashabbusi bilan tumandagi "Salovat" mahallasini xavfsiz va farovon hududga aylantirish bo‘yicha tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla faollari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashabbusning bosh maqsadi — mahallani jinoyatchilik, kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish hamda har bir xonadonga barqaror daromad manbaini olib kirishdan iborat.

Bu borada quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida tizimli ishlar amalga oshiriladi:

🔹 Aholi bandligini ta’minlash — yangi ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kengaytirish;

🔹 Kambag‘allikni qisqartirish — ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish;

🔹 Yoshlar bilan ishlash — ularni kasb-hunarga o‘rgatish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

🔹 Huquqbuzarliklarning oldini olish — profilaktika ishlarini kuchaytirish, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish;

🔹 Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish orqali yashash sharoitlarini yanada yaxshilash.

Mazkur ishlar mahalla, davlat idoralari, deputatlar va eng muhimi — aholi hamkorligida amalga oshiriladi. "Salovat" mahallasi — o‘z nomiga munosib tarzda tinch, obod va farovon maskanga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.

Slide 1 of 6