Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Qonun ijrosi o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Kengash raisi O.Babayev, deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibga ko‘ra tumanning “Navro‘z”, “Markaziy”, “Ma’rifat” mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida aksariyat fuqarolarning arizalari mutasaddi rahbarlar tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilganligi, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinganligi, hozirda o‘zboshimchalik qurilgan bino-inshootlar va ular joylashgan yer uchastkalarini bo‘yicha fuqarolar hamda hokimlik o‘rtasida shartnoma imzolash bosqichida tegishli ishlar amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

🔷O‘rganish natijalariga ko‘ra fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga mas’ul bo‘lgan barcha rahbarlar bilan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha muhokama o‘tkazish belgilab olindi.

Slide 1 of 4