Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi va mahalla faoliyatini tahlil qildi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman kengashi deputati Dilbar Do‘squlova Nurli Pangat mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazdi hamda ularning murojaatlarini tingladi. Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan masalalar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputat mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdi. Mahallada olib borilayotgan ijtimoiy ishlar, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar alohida e’tiborga olindi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi va bu masalalar deputat nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2