Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Yuqori Tallashqon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti ishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Jovliyev Ravshan hududdagi ichimlik suvi bilan ta’minlash va aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlarini yaqindan o‘rgandi. Ushbu jarayonni tuman kotibiyati bosh mutaxassisi Mahliyo Choriyeva bilan hamkorlikda o'rgandi. Hozirda Yuqori Tallashqon mahallasida 31 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘i o‘rnatilmoqda. Ushbu loyiha hudud aholisi uchun sifatli va doimiy ichimlik suvi ta’minlashni maqsad qilgan bo‘lib, mablag‘ Islom Taraqqiyot Banki orqali ajratilgan. Deputat ish jarayonini ko‘zdan kechirar ekan, suv quvurlari o‘rnatilishining sifati, ishning muddatlari va xavfsizlik talablariga rioya qilinayotganligi bilan tanishdi. Shu bilan birga, loyiha yakunlangach, mahalla aholisi ichimlik suvi bilan muntazam va uzluksiz ta’minlanishi, ayniqsa qish mavsumida aholining ehtiyojlari to‘liq qondirilishi ta’minlanadi. Ushbu qurilish ishlari, shuningdek, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va ekologik sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1