Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Boyovut tuman Kengashi kotibiyatida samaradorlikni oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Viloyat ishchi guruh a'zosi F.Abdusattorov Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi kotibiyatiga tashrif buyurdi.

▶️Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Kengash kotibiyati faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

▶️Uchrashuv davomida kotibiyat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va ularning ijrosi, sessiya bayonnomalarini yuritish holati, deputatlar tomonidan yuborilayotgan deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berilishi hamda ularning ijrosi qay darajada ta’minlanayotgani atroflicha muhokama qilindi.

▶️Shuningdek, deputatlik faoliyatiga oid hujjatlarni yuritish tartibi, doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazish amaliyoti, ilgari surilayotgan tashabbuslarning samaradorligi, kotibiyat xodimlarining xizmat vazifalari hamda mas’uliyatlari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

▶️Tashrif davomida Kengash kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, ish jarayonlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda deputatlar bilan samarali hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 5