Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
#Jondorda_navro'z_sayli

Ayni vaqtda Jondor tumanidagi Markaziy o‘yingohda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. 

Xalq sayli tarzida bo'lib o'tayotgan ushbu bayramda milliy taomlar, urf-odat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan kompozitsiyalar, tumanimiz san’at ustalari, xalq badiiy jamoalari tomonidan konsert dasturlari namoyish qilinmoqda. 

Tantanada Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputat, Jondor tuman hokimi Jamshid Xudoyev tumanimiz aholisiga bayram tabrigini yo‘lladi.

Shuningdek, sayil doirasida milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi o'zbekona milliy o'yinlar, qo'shiq va laparlar ijro etilmoqda. Bayram dasturida folklor san’atining eng sara namunalari, o‘lan-laparlar, badiiy havaskorlik jamoalari o‘z chiqishlarini namoyon qildilar. 

Tadbir mehmoni "Nihol" mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan ijro etilgan qo`shiqlar yig‘ilganlarga olam-olam zavqu shavq ulashdi.

Slide 1 of 7