Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi

Karmana tumani Kengashida Yoshlar maslahat guruhi faoliyati muhokama qilindi

✔️Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida 2025-yil 12-apreldagi “Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaror ijrosi muhokama qilindi.

✔️Muhokama davomida mazkur qaror asosida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhining faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan natijalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilish jarayonlariga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

✔️Shuningdek, yoshlar o‘rtasida qonunchilik hujjatlarini “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida targ‘ib qilish, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

✔️Doimiy komissiya a’zolari tomonidan Yoshlar maslahat guruhining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, uning deputatlar va doimiy komissiyalar bilan hamkorligini mustahkamlash, tuman Kengashi sessiyalarida faol ishtirokini ta'minlash,hududlarda jamoatchilik asosida yoshlarning muammolarini o'rganish va muammolarni tuman sessiyasida olib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

➡️Yig‘ilish yakunida mazkur qaror ijrosini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi, yig‘ilishni tashkil etishda Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Jabborova tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Slide 1 of 3