Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
cессия
янв.21
OBODLIK MAHALLADAN BOSHLANADI!
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
https://t.me/Sox_Kengash_kotibiyat/1140
янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
Ishtixon tumanida maktab filiali qurilishi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ishtixon tumani Humo mahallasidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga filial sifatida barpo etilayotgan qo‘shimcha maktab binosini qurilishi bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari qishloq hududida ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim sifati va qamrovini oshirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanishuv jarayonida deputatlar tomonidan qurilish ishlarining belgilangan loyiha asosida olib borilayotgani, ishlar sifati hamda qurilish jarayonining borishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, maktab filial binosi foydalanishga topshirilgach, hududdagi o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim muhiti yaratilishi, ularning uzoq masofalarga qatnab o‘qishiga bo‘lgan ehtiyoj kamayishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4