Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
🌳“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki”

🍀Yurtimizda davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasi va “Obod xonadon”, “Obod ko'cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati Chinoz tumanidagi nuroniylar va deputatlardan tashkil topgan jamoatchilik nazorati guruhlari tomonidan bugun ham uyushqoqlik bilan o‘rganildi.

1-sektorga biriktirilgan jamoatchilik nazorati guruhi a’zolari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari A.Baxramov, Sh.Ergashov, D.Teshaboyev va “Kattatepalik” MFY faoli, “Nuroniylar” jamoatchilik maslahati Kengashi raisi S.Norxo‘jayev va Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Karaboyevlar bilan birgalikda Chinoz tumanidagi “Chinmasjid" mahalla fuqarolari yig‘inidagi Erkinlik, Parvoz va Bog’bon ko‘chalarida joylashgan xonadonlarni o‘rganib chiqib, tomorqadan samarasiz foydalanib kelayotgan tomorqa egalariga tegishli tushuntirish ishlari va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1