Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
cессия
янв.21
OBODLIK MAHALLADAN BOSHLANADI!
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
https://t.me/Sox_Kengash_kotibiyat/1140
янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
DEPUTAT BILAN YUZMA-YUZ LOYHASI

 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Normuradova tomonidan “Farhod” MFYda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Dastlab yig‘ilishda deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi. 

Xususan, hududda elektroenergiya ta’minotidagi uzilishlar, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan 2-ko‘p qavatli uyda suv bosimining pastligi sababli 4-qavatga suv yetib bormayotgani, shuningdek, mahallada yoshlar uchun mini-futbol maydonchasi tashkil etish zarurati alohida qayd etildi. Bundan tashqari, mahalla ichki yo‘laklarini tungi yoritgichlar bilan ta’minlash, aholining subsidiya, imtiyozli kreditlar va bola puli bilan bog‘liq murojaatlari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi. Shundindek, mahalladagi mavjud muammolar deputatlar hamda mahalla faollari tomonidan joyiga borgan holda o‘rganildi. 

Slide 1 of 7