Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Termiz tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman deputatlari tashabbusi bilan navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi.

Tadbir davomida deputatlar faoliyatida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, ish jarayonlarida shaffoflik va mas’uliyatni oshirish masalalari bilan bir qatorda, deputatlarning yil davomida amalga oshirgan ishlari, erishilgan yutuqlar hamda aniqlangan kamchiliklar ham atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov so‘zga chiqib, deputatlarning bugungi kunda aholining muammolarini hal etish, murojaatlarga o‘z vaqtida javob qaytarish, joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar samaradorligini oshirish bo‘yicha erishgan ijobiy natijalarini e’tirof etdi.

Shu bilan birga, ayrim deputatlar tomonidan murojaatlar ijrosini kechiktirish, ayrim masalalarda tashabbuskorlik yetishmasligi, o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuvlar sonining to‘liq ta’minlanmagani kabi kamchiliklar ham ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar faoliyatida halollik, oshkoralik va javobgarlikni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni mustahkamlash, aholining ishonchini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4