Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan Termiz Davlat Pedagogika Institutida tadbir tashkil etildi.

8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan Termiz Davlat Pedagogika Institutida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Termiz tuman Kengashi deputati, O‘zXDP Kengashi raisi G. Shafоatova ochib, mamlakatimiz Konstitutsiyasining ahamiyati, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi roli hamda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbirda Termiz tuman Kengashi deputatlari G. Shafоatova bilan birgalikda tuman deputatlari A. Abdullaev va B. Umarovlar ishtirok etib, Konstitutsiya va davlat tuzumining jamiyat hayotidagi o‘rni haqida so‘zladilar. Deputatlar nutqlarida yoshlar huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonuniy normalarni hurmat qilishga o‘rgatish va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar bilan interaktiv muloqotlar o‘tkazilib, Konstitutsiyaga oid savol-javoblar orqali tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar va mehmonlar o‘zlari uchun qiziqarli va foydali ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarda Konstitutsiyaga hurmat ruhini shakllantirish, ularning huquqiy ongini rivojlantirish va jamiyatdagi ijtimoiy faollikni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Slide 1 of 7